Skip to content
Vertikal qadoqlash uskunalari

Vibratsiyali avtomatik vertikal qadoqlash uskunasi

Vibratsiyali avtomatik vertikal qadoqlash uskunasi — granula, kukun, don va boshqa quruq mahsulotlarni avtomatik ravishda o‘lchab, qadoqqa joylab, muhrlaydigan vertikal qadoqlash uskunasi.

Ushbu uskuna yordamida har xil bolt gaykalar, samorez va shurplar va turli xil mahsulotlarni vibratsiyali qozoncha orqali qadoqlash mumkin. Bitta qadoqda bir nechta mahsulotni bir vaqtning o’zida qadoqlash mumkin.

VP-280 modeli asosidagi ushbu uskuna plyonka rulonini avtomatik shakllantirib, mahsulotni o‘lchab quyadi va paketni uch yoki to‘rt tomondan muhrlab beradi. Oziq-ovqat, kimyo va boshqa sohalarda kukunli, donador va granula shaklidagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.

Qadoqlash tezligi 0-40 qadoq / minut ni tashkil etadi, boshqaruv paneli orqali qadoq o‘lchami va vaznini moslash mumkin. Uskuna zanglamas metalldan tayyorlangan bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.

Texnik xususiyatlari

Model
VP-280
Kuchlanish
220 V 50/60 Hz
Quvvat sarfi
2,2 kw
Qadoq turi
3,4 va orqa tomonlama payka (talabga qarab)
Uskuna materiali
Zanglamas metal
Qadoqlash tezligi
0-40 qadoq / minut
Qadoq uzunligi
40-200 mm
Qadoq kengligi
30-130 mm
Rulon eni
Maks. 280 mm
Qadoqlash
Vibratsiyali sistema
Uskuna og’irligi
320 kg
Uskuna o’lchamlari
1420*850*1800 mm

Mashhur mahsulotlar