
Avtomatik 3 burchakli qadoqlash uskunasi
Avtomatik 3 burchakli qadoqlash uskunasi — granula, kukun, don va boshqa quruq mahsulotlarni avtomatik ravishda o‘lchab, qadoqqa joylab, muhrlaydigan vertikal qadoqlash uskunasi.
Ushbu uskunadan oziq-ovqat, tibbiyot, maishiy kimyo mahulotlari jumaladan granulalar, shakar, semechka, choy, tuz, ziravorlar va boshqa kukunli va granulali mahsulotlarni qadoqlashda keng foydalaniladi.
Uskunaning muhim jihati unda qadoq shakli 3 burchak ko’rinishda bo’ladi. Quyidagi video orqali uskunaning ishlash jarayonini ko’rishingiz mumkin.
280-3S modeli asosidagi ushbu uskuna plyonka rulonini avtomatik shakllantirib, mahsulotni o‘lchab quyadi va paketni uch yoki to‘rt tomondan muhrlab beradi. Oziq-ovqat, kimyo va boshqa sohalarda kukunli, donador va granula shaklidagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.
Qadoqlash tezligi 10-50 qadoq / minut ni tashkil etadi, boshqaruv paneli orqali qadoq o‘lchami va vaznini moslash mumkin. Uskuna zanglamas metalldan tayyorlangan bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.
Texnik xususiyatlari
- Model
- 280-3S
- Kuchlanish
- 220 V 50/60 Hz
- Quvvat sarfi
- 2,2 kw
- Qadoq turi
- 3 burchakli qadoq
- Uskuna materiali
- Zanglamas metal
- Qadoqlash tezligi
- 10-50 qadoq / minut
- Qadoq uzunligi
- 40-120 mm
- Qadoq kengligi
- 30-130 mm
- Rulon eni
- Maks. 280 mm
- Qadoqlash hajmi
- Maks 200 gr (mahsulot turiga qarab)
- Uskuna og’irligi
- 320 kg
- Uskuna o’lchamlari
- 1420*850*1800 mm









