
Vertikal qadoqlash uskunalari
Avtomatik qadoqlash uskunasi (chashkali)
Avtomatik qadoqlash uskunasi (chashkali) — granula, kukun, don va boshqa quruq mahsulotlarni avtomatik ravishda o‘lchab, qadoqqa joylab, muhrlaydigan vertikal qadoqlash uskunasi.
MC-420 modeli asosidagi ushbu uskuna plyonka rulonini avtomatik shakllantirib, mahsulotni o‘lchab quyadi va paketni uch yoki to‘rt tomondan muhrlab beradi. Oziq-ovqat, kimyo va boshqa sohalarda kukunli, donador va granula shaklidagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.
Qadoqlash tezligi 20-60 dona/ min ni tashkil etadi, boshqaruv paneli orqali qadoq o‘lchami va vaznini moslash mumkin. Uskuna zanglamas metalldan tayyorlangan bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.
Texnik xususiyatlari
- Model
- MC-420
- Elektr sarfi
- 2,2 kw
- Qadoqlash tezligi
- 20-60 dona/ min
- Qadoq uzunligi
- 40-350 mm
- Qadoq eni
- 80-200 mm
- Rulon eni
- Maks 420 mm
- Qadoqlash hajmi
- 1000 gr
- Qadoqlash uskunasi o’lchami
- 1300*1010*1500 mm
- Dozator o’lchami
- 1200*1200*1100mm
- Z konveyer o’lchami
- 2100*1100*1450 mm









