Skip to content
Vertikal qadoqlash uskunalari

Avtomatik choy qadoqlash uskunasi (ichki va tashqi qadoqli)

Avtomatik choy qadoqlash uskunasi (ichki va tashqi qadoqli) — choy va boshqa infuzion mahsulotlarni filtr-qog‘ozga avtomatik qadoqlaydigan maxsus uskuna.

Ushbu uskuna yordamida filtr paketlarga choy, turli xil dorivor o’simliklar va badlarni avtomatik tarzda qadoqlash mumkin. Uskuna bir vaqtning o’zida ham qadoqlab, ham ipchali qog’oz yorliqni ham yopishtirib beradi. Shuningdek filter paket ustidan salafan paketli qilib qadoqlaydi.

Uskuna choy yoki boshqa mayda fraksiyali mahsulotni filtr-qog‘ozga o‘lchab soladi, paketni shakllantiradi va zarur bo‘lsa ip, yorliq va tashqi qadoq bilan ta’minlaydi. Choy fabrikalari va kichik ishlab chiqarish korxonalari uchun mo‘ljallangan.

Texnik xususiyatlari

Model
TPD-150
Kuchlanish
220 V 50/60 Hz
Quvvat sarfi
2,7 kw
Qadoq turi
3 tomonlama
Uskuna materiali
Zanglamas metal
Qadoqlash tezligi
5-30 qadoq / min
Qadoq uzunligi
50-75 mm
Qadoq kengligi
45-75 mm
Tashqi qadoq o’lchamlari
Eni 70-90 mm Uzunligi: 80-120 mm
Qog’oz yorliq o’lchami
Eni 25 mm Uzunligi: 18-22 mm
Ip uzunligi
Maks 155 mm
Rulon eni
Maks. 150 mm
Qadoqlash hajmi
1-15 gr
Uskuna og’irligi
550 kg
Uskuna o’lchamlari
1500*960*1950 mm

Mashhur mahsulotlar