Skip to content
Vertikal qadoqlash uskunalari

Shnekli vertikal avtomatik qadoqlash uskunasi

Shnekli vertikal avtomatik qadoqlash uskunasi — granula, kukun, don va boshqa quruq mahsulotlarni avtomatik ravishda o‘lchab, qadoqqa joylab, muhrlaydigan vertikal qadoqlash uskunasi.

Ushbu qadoqlash uskunasida asosan kukunli mahsulotlarni jumladan kofe, quruq sut, kraxmal, ziravorlar, dorivor kukunlar, un va boshqa shu turdagi mahsulotlarni avtomatik sachet ko’rinishida qadoqlab beradi. Uskunada dozalash vazifasini maxsus shnek bajarib beradi.

SC-280 modeli asosidagi ushbu uskuna plyonka rulonini avtomatik shakllantirib, mahsulotni o‘lchab quyadi va paketni uch yoki to‘rt tomondan muhrlab beradi. Oziq-ovqat, kimyo va boshqa sohalarda kukunli, donador va granula shaklidagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.

Qadoqlash tezligi 30-50 qadoq / minut ni tashkil etadi, boshqaruv paneli orqali qadoq o‘lchami va vaznini moslash mumkin. Uskuna zanglamas metalldan tayyorlangan bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.

Texnik xususiyatlari

Model
SC-280
Kuchlanish
220 V 50/60 Hz
Quvvat sarfi
3 kw
Qadoq turi
3,4 va orqa tomonlama payka (talabga qarab)
Uskuna materiali
Zanglamas metal
Qadoqlash tezligi
30-50 qadoq / minut
Qadoq uzunligi
40-200 mm
Qadoq kengligi
40-130 mm
Rulon eni
Maks. 280 mm
Qadoqlash hajmi
5-200 gr (mahsulot turiga qarab)
Uskuna og’irligi
320 kg
Uskuna o’lchamlari
1080*850*1750 mm

Mashhur mahsulotlar